Bundesliga debyutanti «Elversberg» chempionatdagi ikkinchi bahsida safarda «Borussiya» Myonxengladbaxni 4:3 hisobida mag‘lub etdi.
Shu tariqa klub Bundesliga tarixida dastlabki ikki bahsida jami 7 ta gol urgan ilk yangi ishtirokchiga aylandi. Bungacha hech bir debyutant chempionatdagi ilk ikki bahsida bunday sermahsullik ko‘rsatmagan.
Ma’lumot uchun, «Elversberg» keyingi turda jiddiy sinovdan o‘tadi. 13-sentyabr kuni jamoa o‘z maydonida Germaniya futbolining amaldagi giganti «Bavariya»ni qabul qiladi.