"Paxtakor" Hojimat Erkinovning jamoaga qaytganini ma'lum qildi.
24 yoshli hujumkor yarim himoyachi "sherlar" bilan 1,5 yillik shartnoma imzoladi.
O‘zbekiston milliy jamoasi a’zosi aynan "Paxtakor" tarbiyalanuvchisi sanaladi. U toshkentliklar safida 75 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urgan.
Erkinov so‘nggi bir yarim mavsumni BAAning "Al Vahda" klubida o‘tkazdi va liga doirasida 32 o‘yinda 1 ta gol urdi hamda 6 ta gollik assist amalga oshirdi. U Abu-Dabi jamoasini erkin agent sifatida tark etgandi.
Avvalroq "Paxtakor" O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Bobur Abduxoliqovni ham o‘z safiga qo‘shib olgandi.