"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola APL doirasidagi "Nyukasl"ga qarshi bahs (2:1)dan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Juda muhim g‘alaba. "Nyukasl" — ajoyib jamoa. Ularning jismoniy tayyorgarligi va hujumdagi tezligi, ayniqsa Gordon, Elanga, Barns va boshqalar tufayli juda xavfli. Ularga qarshi o‘ynash oson emas, ammo biz ajoyib o‘yin ko‘rsatdik.
Bugun g‘alaba qozondik. Yaqinda "Tottenhem" bilan durang o‘ynagandik. Qadam-baqadam oldinga siljimoqdamiz.
Futbolchilarimizning 70 foizi bunday vaziyatda hali o‘ynamagan. Qolgan har bir o‘yinda, ayniqsa mavsum tugashiga besh tur qolgan bir paytda, uyda bunday qo‘llab-quvvatlash bo‘lishini bilamiz. Bugun bu mavsumdagi eng yaxshi muhitni his qildik.
"Nyukasl" o‘yinchilarni juda agressiv tarzda nazorat qiladi, tezkor harakat qiladi. Dastlabki daqiqalarda chindan ham qiyin bo‘ldi.
Chempionlar Ligasida ular birinchi bo‘limni 5:0 hisobida yutganini ham unutmaslik kerak. Saudiyaliklar kelganidan va Eddi Hau ish boshlaganidan so‘ng bu jamoa mutlaqo boshqacha darajaga chiqdi", — dedi "Manchester Siti" bosh murabbiyi.