Live
12
O'zbek

Gvardiola: "Husanov – aql bovar qilmas futbolchi"

Futbol
9 yanvar, 09:45
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Abduqodir Husanov haqida iliq fikr bildirdi.
Gvardiola: "Husanov – aql bovar qilmas futbolchi"
Foto: Getty Images

"Husanov – aql bovar qilmas futbolchi. U raqibning uzoq masofaga yo'naltirilgan uzatmalariga qarshi harakatlanishimizda katta yordam berdi. U butun maydonni nazorat qila oladigan futbolchi! Abduqodir o'sishda davom etmoqda. U yanada dadilroq harakat qilishi, to'p nazoratida faolroq ishtirok etishi kerak – ammo bu vaqt masalasi. Bevosita himoyalanishda u ajoyib o'yinchi!" – murabbiy so'zlarini keltirdi "City Report".

Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" APL jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi va yetakchi "Arsenal"dan 6 ochkoga ortda qolmoqda.

Bugungi yangiliklar