Live
1
O'zbek

Gvardiola: «Ederson menga ketmoqchiligi haqida gapirmadi»

Futbol
16 avgust, 02:28
«Citi» bosh murabbiyi jamoa asosiy darvozabonining kelajagi haqidagi savolga fikr bildirdi.
Gvardiola: «Ederson menga ketmoqchiligi haqida gapirmadi»
Photo: gettyimages

«PSJ» darvozaboni Janluiji Donnarumma «Manchester Siti» bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha dastlabki kelishuvga erishgani haqida xabar berilgan edi.

«Shaharliklar» bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoaning amaldagi asosiy darvozaboni Edersonning kelajagi haqidagi savolga javob berdi.

«Ederson bu masala bo'yicha oldimga kelmadi va ketmoqchiligi yoki unga bo'layotgan takliflar haqida gapirmadi. Barcha shu yerda va ular bizning futbolchilarimiz hisoblanadi. Men ular bilan birgalikda ishlayman. Nima sodir bo'lishini hech kim bilmaydi»,-dedi mutaxassis.

Bugungi yangiliklar