Bugun
30
O'zbek

Donnarumma «Manchester Siti» bilan dastlabki kelishuvga erishdi

Futbol
14 avgust, 11:07
26 yoshli darvozabon jamoasini o'zgartirishga yaqin turibdi.
Donnarumma «Manchester Siti» bilan dastlabki kelishuvga erishdi
FOTO: Getty Images

«PSJ» darvozaboni Janluiji Donnarumma «Manchester Siti» bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha dastlabki kelishuvga erishdi. Bu haqda La Stampa nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Donnarumma yangi jamoasi safida yiliga 12 million yevro maosh oladi. Biroq qo'shimcha bonuslar ham hisobga olinsa, bu miqdor yanada oshishi mumkin.

Qayd etilishicha, parijliklar 26 yoshli darvozabon uchun dastlab 50 million yevro so'ragan edi. Ammo «PSJ» yaqin kunlar ichida bu qiymatni 35 million yevroga tushirishi mumkin.

Ma'lumot uchun, Donnarummaning «PSJ» bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga yetadi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 40 million yevroga baholanmoqda.

Bugungi yangiliklar