Live
4
O'zbek

Grizmann MLSning eng yaxshi yangi futbolchisi sovriniga nomzod bo‘ldi

Futbol
15 noyabr, 00:45
    12
U MLS doirasidagi bahslarda 14 ta gol urib, 7 ta assist qayd etdi.
Grizmann MLSning eng yaxshi yangi futbolchisi sovriniga nomzod bo‘ldi
Foto: Getty Images

MLS muntazam chempionati yakuniga yetib borayotgan bir paytda liga mavsumning eng yaxshi yangi futbolchisi sovriniga da’vogarlarni e’lon qildi. Ular orasidan fransiyalik hujumchi Antuan Grizmann ham joy oldi.

Grizmann ushbu mukofot uchun kurashadigan uch nafar yetakchi nomzoddan biri bo‘ldi. U iyun oyida Madridning «Atletiko» klubidagi faoliyatini yakunlab, yozda AQShning «Orlando» jamoasiga ko‘chib o‘tgan edi.

Fransiyalik futbolchi yangi chempionatga juda tez moslashdi va jamoasining taktik tizimida o‘z o‘rnini topdi. U MLS doirasidagi bahslarda 14 ta gol urib, 7 ta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.

Aynan shu natijalar Grizmanning mavsumning eng yaxshi yangi futbolchisi sovriniga nomzodlar qatoriga kiritilishida ahamiyat kasb etdi. Endi u ushbu individual mukofotni qo‘lga kiritish uchun qolgan ikki nomzod bilan raqobatlashadi.

Avvalroq Antuan MLSning qatorasiga beshinchi o‘yinida gol urgani ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Orlando City Orlando City
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

12 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar