Belgiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Rudi Garsiya bo‘lajak Jahon chempionati oldidan o’z fikrlarini bildirdi.
«Avvalo, biz guruh bosqichidan o‘tishni istaymiz. Bu 2022-yilga nisbatan yaxshilanish bo‘lardi, keyin esa ko‘ramiz.
Hammasi biz duch keladigan raqiblarga bog‘liq bo‘ladi. Lekin asosiysi — Nyu-Yorkkacha kurashdan chiqib ketmaslik. Biz endi olti yil FIFA reytingini boshqargan mamlakat emasmiz. Biz autsaydermiz va bu normal holat. Murabbiy sifatida bunday vaziyatlarga o‘rganib qolganman», — deya Rudi Garsiyaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Football Italia.
Eslatib o’tamiz, Belgiya nilliy jamoasi Misr, Eron va Yangi Zelandiya bilan birgalikda G guruhidan o‘rin oldi.