Live
1
O'zbek

"Galatasaroy" Ederson transferi uchun 10 mln yevro taklif qildi

Futbol
16 avgust, 05:10
Turkiya va Angliya klubi muzokara o'tkazmoqda.
"Galatasaroy" Ederson transferi uchun 10 mln yevro taklif qildi
Фото: Getty Images

"Galatasaroy" va "Manchester City" darvozaboni Ederson masalasida muzokaralarni davom ettirmoqda.

Insayder Fabrizio Romanoning xabar berishicha, Turkiya klubi braziliyalik 31 yoshli kiperni transfer qilish uchun 10 million yevro taklif qilgan. Biroq "shaharliklar" Edersonning narxini yanada yuqori baholamoqda.

Ingliz klubi Ederson jamoani tark etsa, "PSJ" darvozaboni Janluiji Donnarumma bilan shartnoma imzolashi mumkin. Italiyalik posbon ham Pep Guardiolaning jamoasida to'p tepishni istamoqda.

Eslatib o'tamiz, Ederson 2017 yildan beri "shaharliklar" safida harakat qilmoqda. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo'ljallangan.

Avvalroq "City" bosh murabbiyi jamoa asosiy darvozabonining kelajagi haqidagi savolga fikr bildirgandi.

Bugungi yangiliklar