Live
1
O'zbek

Fyuri — Joshua jangi chiptalari uchun 700 mingdan ortiq kishi navbatda turibdi

Boks
10 oktabr, 00:15
Saudiya Ko‘ngilochar tadbirlar bosh boshqarmasi raisi ushbu jangga talab juda yuqori ekanini ma’lum qildi.
Fyuri — Joshua jangi chiptalari uchun 700 mingdan ortiq kishi navbatda turibdi
Foto: Getty Images

Saudiya Arabistoni Ko‘ngilochar tadbirlar bosh boshqarmasi raisi Turki Al ash-Shayx Tayson Fyuri va Entoni Joshua o‘rtasidagi jang chiptalariga talab juda yuqori ekanini ma’lum qildi.

Uning aytishicha, chipta sotuvchi turli saytlarda ushbu bahsga kirish uchun navbatda turganlar soni 700 ming kishidan oshgan. Al ash-Shayx chipta xarid qilishni kutayotganlar soni haqida o‘z sahifasida yozdi.

«Bu jangga qiziqish juda katta bo‘lishini bilardik. Ayni paytda chiptalar uchun 700 ming kishi navbatda turibdi. Ticketmaster saytida 500 mingdan ortiq, arena saytida esa 170 mingdan ziyod kishi bor», — deb yozdi Al ash-Shayx.

Shu tariqa, ikki bokschi o‘rtasidagi bo‘lajak to‘qnashuv chiptalari savdosi katta qiziqishga sabab bo‘lmoqda. Keltirilgan raqamlar chipta sotib olganlar emas, xarid uchun onlayn navbatda turganlar sonini ifodalaydi.

Ma’lumot o‘rnida, Joshua va Fyuri o‘rtasidagi jang 11 dekabr kuni Uels poytaxti Kardiff shahrida bo‘lib o‘tadi.

Bugungi yangiliklar