O'zbekiston futzal bo'yicha milliy jamoasi Yevropadagi o'quv-yig'in doirasida so'nggi o'rtoqlik bahsini o'tkazdi.
Niderlandiyaga qarshi bahsda yevropaliklar 6:3 hisobida g'alaba qozondi. Milliy jamoa safida gollar Abbos Elmurodov, Mashrab Odilov va Husniddin Nishonov hisobiga yozildi.
Shu tariqa, O'zbekiston milliy jamoasining xorijdagi yig'ini yakuniga yetdi.
O'rtoqlik o'yini
Niderlandiya – O'zbekiston 6:3
Gollar: Buokhari 14, Chix 18, Ouadouh 28, Martinus 38, 39 – Abbos Elmurodov 12, Mashrab Adilov 19, Husniddin Nishonov 32.
O'zbekiston (boshlang'ich beshlik): 12.Abbos Elmurodov, 5.Shahzodjon Sa'diyev, 6.Ilhomjon Hamroyev, 8.Xusniddin Nishonov, 9.Abror Axmedzyanov.
Zaxiradagilar: 1.Shavkat Ibragimov, 2.Hayrullo Solihov, 3.Mashrab Adilov, 4.Jasur O'rinbosarov, 7.Behruz Samiyev, 10.Shahram Faxriddinov, 11.Sunnatilla Jo'rayev, 13.Shohjahon Shonazarov, 14.Asilbek Vafoyev.