Eron chempionatining 9-turida «Persepolis» safarda «Mes Shahr Babak» jamoasi bilan bahslashdi. Unda tehronliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yinda dastlab 33-daqiqada hisob ochildi. Tievy Bifuma O‘zbekiston milliy jamoasi yarim himoyachisi Oston O‘runovning uzatmasidan unumli foydalandi. 74-daqiqada Majid Eydi oradagi farqni ikkitaga oshirgan bo‘lsa, Sayid Sadegi 90+4-daqiqada yakuniy hisobni o‘rnatdi.
Ma’lumot uchun, O‘runov mazkur bahsni asosiy tarkibda boshlab, tanaffusda almashtirildi. Yana bir o‘zbekistonlik futbolchi Igor Sergeyev zaxirada qoldirildi.
Bu natijadan so‘ng «Persepolis» 20 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi.
Eron chempionati. 9-tur
Mes Shahr Babak – Persepolis 0:3
Gollar: Bifuma 33, Eydi 74, Sadegi 90+4.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi