«Elversberg» o‘z tarixida ilk bor Germaniya Bundesligasiga chiqdi.
Bu natija Ikkinchi Bundesliganing 34-turida «Proyssen Myunster» ustidan qozonilgan 3:0 hisobidagi g‘alabadan keyin rasman aniq bo‘ldi.
Uchrashuvda Bambaze Konte 11-daqiqada hisobni ochdi. Oradan ko‘p o‘tmay David Mokva jamoa ustunligini oshirdi.
Ikkinchi bo‘limda Mokva yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, yakuniy hisobni o‘rnatdi.
Mavsum yakunlariga ko‘ra, «Elversberg» 62 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egalladi va to‘g‘ridan to‘g‘ri Bundesligaga yo‘l oldi.
Xuddi shuncha ochko to‘plagan «Paderborn» qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra uchinchi bo‘ldi va endi «Volfsburg»ga qarshi pley-off bahsida ishtirok etadi.
«Proyssen Myunster» esa 30 ochko bilan turnir jadvalining so‘nggi pog‘onasida qoldi.