«Syudad-de-Yantsasa» klubi futbolchisi Jon Perlasa uchinchi divizion o‘yini vaqtida yordamchi hakamga tosh otgani uchun 8 yilga futboldan chetlatildi.
Hodisa oqibatida jabrlanuvchi yuz qismidan jiddiy jarohat olgan va jarrohlik amaliyotini o‘tkazishiga to‘g‘ri kelgan. Derbyderbyderby.it nashrining xabar berishicha, voqea o‘tgan yil oktabr oyida «Syudad-de-Yantsasa» va «Rio-Aguariko» jamoalari o‘rtasidagi bellashuvda sodir bo‘lgan.
Bahsning 90+6-daqiqasida o‘z jamoasining zaxira o‘rindig‘i yonida turgan Perlasa yordamchi hakam Lenin Jovanni Oheda Nunesga tosh otgan. Tosh hakamning yuziga tekkan.
Ekvadorda hakamga tosh otgan o‘yinchi 8 yilga futboldan chetlatildi
Futbol
20 noyabr, 04:20
3
Hakam yuz qismidan jarrohlik amaliyotini o‘tkazishga majbur bo‘lgan.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi