Live
2
O'zbek

Dzyudo. O‘zbekiston Aktau shahridagi xalqaro turnirni 13 ta medal bilan yakunladi

Boshqalar
19 oktabr, 11:14
Keldiyorovadan tashqari yana 4 nafar dzyudochi oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Dzyudo. O‘zbekiston Aktau shahridagi xalqaro turnirni 13 ta medal bilan yakunladi
Foto: Olympic uz

Qozog‘istonning Aktau shahrida dzyudo bo‘yicha «Aktau Asian Open 2026» xalqaro turniri o‘z yakuniga yetdi.

Ikki kun davom etgan musobaqa yakunlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik dzyudochilar 5 ta oltin, 2 ta kumush va 6 ta bronza, jami 13 ta medalni qo‘lga kiritishdi. Shuningdek, turnirda chempion bo‘lgan sportchilar jahon reytingi uchun o‘z hisoblariga 100 ochkodan yozib qo‘yishdi.

🥇 Oltin medal:
-48 kg: Fotimaxon Tursunboyeva
-52 kg: Diyorа Keldiyorova
-73 kg: Nizomiddinx o‘ja Toshpo‘latov
-100 kg: Mirjalol Normo‘minov
+100 kg: Muhammadali Tangriyev

🥈 Kumush medal:

-78 kg: Shinar Ibrayeva
-90 kg: Ramazon Allaberdiyev

🥉 Bronza medal:
-48 kg: Halimaxon Qurbonova
-57 kg: Muhayyo Ahmatova
-63 kg: Sarvinoz Husanova
-70 kg: Farangiz Hojiyeva
-90 kg: Azizbek Avazmurodov
-90 kg: Sultonbek Abdushukurov

Bugungi yangiliklar