Mavsumning birinchi qismini «Xorazm»da o'tkazgan Dostonbek Tursunov yana legionerga aylandi.
30 yoshli himoyachi Gonkongning «Lee Man» klubi bilan bitim imzolagan. Futbolchi allaqachon Tailandga yo'l olgan va tez orada yangi jamoasi uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi.
«Lee Man» klubi Tailandda yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. O'tgan mavsum "ajdarlar" Gonkong Premer-ligasida 2-o‘rinni egallagandi.
Futbolchi birinchi davrada Urganchliklar safida 13 o‘yinda maydonga tushgandi.
Avvalroq Tursunov faoliyatini Eron chempionatida davom ettirishi mumkinligi xabar qilingandi.