Live
1
O'zbek

Dostonbek Tursunov faoliyatini Eronda davom ettirishi mumkin

Futbol
6 iyul, 06:23
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Dostonbek Tursunov faoliyatini Eronda davom ettirishi mumkin
Фото: Хоразм ПФК

"Xorazm" himoyachisi Dostonbek Tursunov faoliyatini Eron chempionatida davom ettirishi mumkin.

Ma'lum bo‘lishicha, 30 yoshli futbolchiga "Foulad" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ushbu klubda O‘zbekiston milliy jamoasi darvozaboni O‘tkiy Yusupov ham to‘p surmoqda.

Tursunov avval ham "Istiqlol Xuziston" klubida o‘ynagan. Eron chempionati futbolchi uchun begona emas.

Bu mavsumda Superliga doirasida 13 o‘yinda maydonga tushgan.

Avvalroq "Xorazm" ustozi Hakim Fuzaylov O‘zbekiston kubogining chorak finalidan o‘rin olgan "Navbahor"ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashgandi.

Bugungi yangiliklar