Bugun
6
O'zbek

Hakim Fuzaylov: «Natijaga murabbiy javobgar bo'ladi»

Futbol
2 iyul, 22:10
«Xorazm» bosh murabbiyi «Navbahor» uchralgan mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov Editor
Hakim Fuzaylov: «Natijaga murabbiy javobgar bo'ladi»
photo: Xorazm FK

Oʻzbekiston kubogining chorakfinalidan oʻrin olgan «Xorazm» - «Navbahor» (1:3) uchrashuvidan keyin xorazmliklar bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:

«Uchrashuv haqida hozir fikr bildirishni xohlamayman. Biz chempionat va kubokdagi ketma-ket uchrashuvlarda 4 marta mag'lubiyatga uchradik. Agar jamoa mag'lubiyatga uchrasa natija uchun murabbiy aybdor bo'ladi. Bugungi yutqaziq uchun aybni to'liq o'zimga olaman. Ortiqcha hech narsa gapimoqchi emasman. Mag'lubiyatni eng asosiy aybdori menman. Vaziyatni o'rganamiz. O'z ishimni tahlil qilib chiqaman. Qayerdadir xatoga yo'l qo'ydim, deb o'ylayman»,-dedi mutaxassis.

«Xorazm» O'zbekiston kubogi bahslaridan chiqib ketdi. Jamoa Superligada 14 turdan keyin 14 ochko bilan 11 o'rinda ketmoqda, to'plar nisbari 16-16.

Bugungi yangiliklar