Live
1
O'zbek

O‘zbekiston kubogi. "Paxtakor" va "Navbahor" keyingi bosqichga yo‘l oldi

Futbol
2 iyul, 13:03
"Xorazm" turnir bilan xayrlashdi.
O‘zbekiston kubogi. "Paxtakor" va "Navbahor" keyingi bosqichga yo‘l oldi
Фото: Навбаҳор ПФК

O‘zbekiston kubogi 1/8 finalining ikki o‘yini yakunlandi.

"Paxtakor" "JAR" stadionida "Olimpik Mobiuz"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Har ikkala gol Braian Riaskos hisobiga yozildi.

"Navbahor" esa Jizzaxda "Xorazm"dan ustun keldi. Gollarga boy kechgan bahsda namanganliklar 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

O‘zbekiston kubogi. 1/8 final
Paxtakor – Olimpik Mobiuz 2:1
Gollar: Braian Riaskos, 44 (1:0), Bunyodbek Rahimov, 66 (1:1), Braian Riaskos, 81 (2:1)

Xorazm – Navbahor 1:3
Gollar: Igor Gabriel, 49 (0:1), Abbosjon G‘ulomov, 80 (0:2), Shahram Samiev, 83 (1:2), Abbosjon G‘ulomov, 87 (1:3)

Bugungi yangiliklar