Jahon shaxmat toji uchun amaldagi chempion Gukesh Dommaraju (Hindiston) va da’vogar Javohir Sindorov (O‘zbekiston) o‘rtasidagi o‘yin sanasi e’lon qilindi.
Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) xabar berishicha, bellashuv 2026 yil 23 noyabrdan 17 dekabrgacha bo‘lib o‘tadi.
Ma’lum qilinishicha, o‘yin minimalsovrin jamg‘armasi 2,5 million dollardan iborat bo‘ladi. O‘yin reglamenti 2026 yil 1 iyulgacha tasdiqlanishi kerak. Odatda o‘yin 14 ta partiyadan iborat bo‘ladi. Agar qaysidir tomon g‘olib chiqish uchun 7,5 ochko jamg‘ara olsa, muddatidan oldin chempionlikni qo‘lga kiritadi.
Eslatib o‘tamiz, amaldagi jahon chempioni Dommaraju 2024 yil dekabr oyida Singapurda bo‘lib o‘tgan jahon shaxmat toji uchun o‘yinning 14-turida xitoylik Din Lijenni mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.
Sindorov esa Kiprning Pafos shahrida bo‘lib o‘tgan 2026 yilgi da’vogarlar turnirida muddatidan oldin g‘alabaga erishdi.