Live
3
O'zbek

De Zerbi rasman «Tottenhem» bosh murabbiyiga aylandi

Futbol
31 mart, 11:58
London klubi italiyalik mutaxassis bilan uzoq muddatli shartnoma tuzganini e’lon qildi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
De Zerbi rasman «Tottenhem» bosh murabbiyiga aylandi
Foto: Getty Images

«Tottenhem» Roberto De Zerbini jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanganini rasman e’lon qildi. Bu haqda klub ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lum qildi.

Klub bayonotiga ko‘ra, mutaxassis bilan uzoq muddatli shartnoma imzolangan. Avvalroq kelishuv 5 yilga mo‘ljallangani haqida xabarlar tarqalgandi.

Ma’lumot uchun, De Zerbi avval Angliya Premyer-ligasida «Brayton»ni boshqargan. Uning so‘nggi ish joyi Fransiyaning «Marsel» klubi bo‘lib, u 2026-yil fevral oyida jamoani tark etgan. Shuningdek, italiyalik mutaxassis «Shaxtyor», «Sassuolo», «Benevento» va «Palermo»da ham faoliyat olib borgan.

Eslatib o‘tamiz, 29 mart kuni «Tottenhem» Igor Tudor bilan xayrlashgan edi. U 14 fevralda tayinlangan bo‘lib, 2025/2026-yilgi mavsumda klubni boshqargan uchinchi murabbiyga aylangandi. Undan avval jamoa Tomas Frank va Ange Postekoglu bilan ham hamkorlikni yakunlagan.

Bugungi yangiliklar