Bugun
13
O'zbek

De Ketelare: «Milan»ga o‘tganimdan afsuslanmayman»

Futbol
30 mart, 07:07
Futbolchi «rossonerilar» safida uzoq vaqt qolmasligiga o‘z kuchiga ishonmagani sabab bo‘lgan deb hisoblamoqda.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
De Ketelare: «Milan»ga o‘tganimdan afsuslanmayman»
Foto: Getty Images

Futbolchi «Milan»da uzoq vaqt qolmasligiga o‘z kuchiga ishonmagani sabab bo‘lgan deb hisoblamoqda.

Belgiya milliy jamoasining hujumkor yarimhimoyachisi «Milan» safida o‘tgan davrni yodga oldi.

«Milan» chempionlik mavsumidan keyin Sharl de Ketelare bilan shartnoma imzoladi, ammo belgiyalik futbolchi Italiya klubida kutilgan darajani, o‘z o‘yinini topa olmadi. Kuni kecha de Ketelare Nieuwsblad’ga intervyusida «Milan»ga o‘tganidan afsuslanmasligini ma’lum qildi.

«Men hali ham «Bryugge»dan «Milan»ga o‘tganimdan afsuslanmayman. Ehtimol, o‘sha paytda o‘zimga ko‘proq ishonishim kerak bo‘lgandir, lekin vaqt o‘tishi bilan men bunga ham o‘rgandim. Gasperinining «Atalanta»dagi o‘yin uslubi rivojlanishimga, o‘sishimga yordam berdi. O‘ylashimcha, 3-4-3 yoki 3-5-2 taktik sxemalarida mening hislatlarim hammasidan ham yaqqolroq namoyon bo‘ladi», - dedi de Ketelare.

Ma’lumot uchun, Sharl de Ketelare hozirda «Atalanta» sharafini himoya qiladi. 2024 yil yozida «Atalanta» futbolchini «Milan»dan 23,70 mln yevro evaziga to‘liq sotib oldi.

Ushbu mavsum Bergamo klubi safida yarimhimoyachi barcha musobaqalarni inobatga olsak, 33 o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma yetkazib berdi.

Transfermarkt portali 25 yoshli belgiyalikning aktual transfer narxini 35 mln yevroga baholamoqda.

Bugungi yangiliklar