Angliya kubogi yarimfinal ikkinchi o'yinida "Chelsi" klubi "Lids"ga qarshi o'ynab, 1:0 hisobida g'alaba qozondi.
O'yindagi yagona gol 23-daqiqada Entso Fernandes tomonidan urildi. Bu gol o'yin yakuniga qadar o'zgarishsiz qoldi.
Shu tariqa, "Chelsi" Angliya kubogi finaliga yo'llanma oldi. Hal qiluvchi o'yinda "Manchester Siti" bilan to'qnash keladi. Bu o'yin 16 may kuniga belgilangan.
Angliya kubogi. Yarimfinal
Chelsi — Lids 1:0
Gol: Fernandes 23
Chelsi – Sanches, Gusto, Chaloba, Tosin, Kukurelya, Kaysedo, Fernandes, Lavia (Andrey Santos, 66), Netu, Garnacho (Palmer, 71), Joao Pedro.
Lids – Perri, Biyol (Stach, 46), Struik, Gudmundsson, Bogl, Ampadu, Tanaka (Nmeca, 74), Justin (Rodon, 46), Okafor (Gnonto, 74), Aaronson, Kalvert-Lyuin.