Bugun
1
O'zbek

Bundesliga. "Bavariya" Dortmundda "Borussiya"ni yengib, peshqadamlikni yanada mustahkamladi (videosharh)

Futbol
28 fevral, 14:33
Keyn dublga erishdi.
Bundesliga. "Bavariya" Dortmundda "Borussiya"ni yengib, peshqadamlikni yanada mustahkamladi (videosharh)
Фото: Getty Images

Germaniya chempionatining 24-turining markaziy o'yinida "Bavariya" Dortmundda "Borussiya"ni 3:2 hisobida mag'lub etdi.

Dastlab Shlotterbek hisobni ochdi. Keyinchalik Keyn dublni rasmiylashtirdi. 83-daqiqada Svensson hisobni yana tenglashtirdi. Ammo 87-daqiqada Kimmix mehmonlarning g'alaba goliga mualliflik qildi.

Bu g'alabadan so'ng Kompani jamoasi ochkolari sonini 63 taga yetkazib, peshqadamlikni yanada mustahkamladi. "Asalarilar" 52 ochko bilan 2-pog'onada.

Bundesliga. 24-tur
Borussiya D – Bavariya 2:3
Gollar: Shlotterbek 26, Svensson 83 – Kane 54, 70 penalti, Kimmix 87.
Borussiya D: Kobel, Anton, Kouto, Svensson, Shlotterbek, Zabitser, Nmecha (Bellinghem, 75), Jan, Adeyemi (Brandt, 75), Bayer, Silva (Ghirassi, 67).
Bavariya: Urbik, Stanisich, Upamekano, Laymer, Ta, Kimmix (Goretska, 90+2), Pavlovich, Olise, Dias, Keyn, Gnabri (Musiala, 62).

Bugungi yangiliklar