Bugun
7
O'zbek

Bundesliga. "Bavariya" bir kishi kam qolgan "Hoffenhaym"ni tor-mor etdi (videosharh)

Futbol
8 fevral, 13:40
Luis Dias het-trik, Keyn dubl qayd etdi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Bundesliga. "Bavariya" bir kishi kam qolgan "Hoffenhaym"ni tor-mor etdi (videosharh)
Фото: Getty Images

Germaniya chempionatining 21-turida "Bavariya" Myunxenda "Hoffenhaym"ni qabul qilib, 5:1 hisobida g'alaba qozondi.

Luis Dias het-trikka erishdi. Keyn esa dublni o'z hisobiga yozib qo'ydi. Kramarich mehmonlarning yagona goliga mualliflik qildi.

Natijada Kompani jamoasi ochkolari sonini 54 taga yetkazib, peshqadamlikni mustahkamladi. "Hoffenhaym" 42 ochko to'plab, 3-pog'onada.

Bundesliga. 21-tur
Bavariya – Hoffenhaym 5:1
Gollar: Keyn 20 penalti, 45 penalti, Dias 45+2, 62, 89 – Kramarich 35.
Bavariya – Noyer, Upamekano, Ta (Ito, 63), Kimmix, Devis (Laymer, 80), Stanisich, Pavlovich, Olise (Karl, 63), Gnabri (Musiala, 63), Luis Dias, Keyn (Jekson, 68)
Hoffenhaym – Baumann, Qoboq, Promoel, Avdullahu (Jurich, 81), Aslani, Hajdari, Prass, Akpoguma, Kramaricht(Damar, 71), Ture, Kuofal.

Bugungi yangiliklar