Bugun
38
O'zbek

"Bornmut" Muharemovich uchun 35 mln yevro sarflashga tayyor

Futbol
9 iyun, 16:02
Agar transfer amalga oshsa, u "olchilar" tarixidagi eng qimmat xaridlardan biriga aylanishi mumkin.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
"Bornmut" Muharemovich uchun 35 mln yevro sarflashga tayyor
Фото: Getty Images

"Sassuolo" va Bosniya milliy jamoasi himoyachisi Toriq Muharemovich faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

The Athletic nashri xabar berishicha, "Bornmut" klubi 23 yoshli futbolchiga jiddiy qiziqmoqda. Uning transferi uchun 35 million yevro taklif qilishga tayyor.

Xabar qilinishicha, "Sassuolo" bunday taklifni ko'rib chiqadi, biroq rahbariyat sotuv narxini oshirish maqsadida boshqa jamoalarning qiziqishi kuchayishini kutmoqda.

Futbolchining keyingi sotuvi huquqlarining bir qismi "Yuventus"ga tegishli ekanligi haqidagi kelishuv qo'shimcha omil sanaladi. Agar transfer amalga oshsa, u "olchilar" tarixidagi eng qimmat xaridlardan biriga aylanishi mumkin.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Sassuolo Sassuolo
  • Bornmut Bornmut
Bugungi yangiliklar