Bugun
3
O'zbek

Blind 4-bor "Ayaks"ga qaytdi

Futbol
8 iyul, 06:51
U Amsterdam klubi bilan 2027 yilning yoziga qadar bitim imzoladi.
Blind 4-bor "Ayaks"ga qaytdi
Фото: Ajax Fc

Amsterdamning "Ayaks" klubi tajribali himoyachi Deyli Blindning jamoaga qaytganini rasmiy e'lon qildi.

Qayd etilishicha, 36 yoshli futbolchi "Jirona"dan ketgach, erkin agent sifatida o'zining sevimli klubiga qaytdi va 2027 yil 30 iyunga qadar amal qiladigan shartnoma imzoladi.

Bu Blindning "Ayaks"ga to'rtinchi bor qaytishi hisoblanadi. U to'qqiz yoshida klub akademiyasiga kelib qo'shilgan va 2008 yilda asosiy jamoada debyut qilgan. Keyin 2010 yilda "Groningen"dagi ijaradan qaytgan, 2018 yilda esa "Manchester Yunayted"dan yana Amsterdam klubiga kelgan. Endi esa himoyachi yana bir bor "Ayaks" libosini kiyadi.

Futbolchi faoliyati davomida "Ayaks" bilan yetti marta Niderlandiya chempioni, ikki karra mamlakat Kubogi va ikki marta Superkubok sohibi bo'lgan. U Amsterdam klubi asosiy jamoasi safida 333 ta uchrashuv o'tkazib, 13 ta gol urgan.

Futbolchi shuningdek, "Manchester Yunayted", "Bavariya" va "Jirona" klublarida ham to'p tepgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ayaks Ayaks
Bugungi yangiliklar