Live
3
O'zbek

«Benfika» yangi logotipini taqdim etdi

Futbol
31 oktabr, 23:50
    3
Klub tarixiy ramzining ayrim tafsilotlarini tuzatishga qaror qildi.
«Benfika» yangi logotipini taqdim etdi
Foto: S.L. Benfica

Portugaliyaning «Benfika» klubi yangi logotipini taqdim etdi.

Lissabonliklar prezidenti Rui Kosta ramzning yangilangan ko‘rinishini kecha, 31 oktabr kuni ertalab bo‘lib o‘tgan umumiy yig‘ilishda namoyish qildi.

Klubning eng taniqli belgilaridan biriga kiritilgan o‘zgarishlar 2025-yil mart oyida tasdiqlangan nizomga muvofiq amalga oshirildi.

Shu sababli logotipni yangilash qarori yangi vizual uslub yaratish bilan bog‘liq emas. «Benfika» tarixiy ramzning ayrim tafsilotlarini tuzatishga qaror qildi.

Logotipdagi o‘zgarishlar birdaniga emas, bosqichma-bosqich joriy etiladi. Klub yangilangan ramzdan foydalanishni yaqin oylar davomida yo‘lga qo‘yishi kutilmoqda. Ya’ni, muxlislar va jamoa atrofidagi tuzilmalar logotipning yangi ko‘rinishiga asta-sekin o‘tadi.

Hozirda «Benfika» Portugaliya chempionati turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi.

«Benfika» yangi logotipini taqdim etdi
Foto: Footy Headlines

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Benfica Benfica
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

3 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar