Live
4
O'zbek

Balde «MYu» qiziqishlari doirasida

Futbol
23 avgust, 10:53
«Manchester Yunayted» «Barselona»ning chap qanot himoyachisi Aleks Balde transferi imkoniyatini o‘rganmoqda.
Balde «MYu» qiziqishlari doirasida
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted» «Barselona» himoyachisi Aleks Baldega qiziqish bildirmoqda. Mankunianliklar chap qanot himoyasini kuchaytirish uchun 22 yoshli ispaniyalik futbolchining transferi imkoniyatini o‘rganmoqda.

Fabritsio Romanoning ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi kunlarda «Manchester Yunayted» vakillari Baldening agenti Jorje Mendesh bilan bog‘lanib, transfer amalga oshishi mumkinmi va buning uchun qanday shartlar talab etilishini aniqlashga harakat qilgan.

Balde «Barselona»dagi kelajagi borasida hozircha yakuniy qarorga kelmagan. Shu bilan birga, klubning La Liga ilk turidagi «Elche»ga qarshi bahs uchun qaydnomasiga kiritilmagani uning kelajagi atrofidagi mish-mishlarni yanada kuchaytirdi.

Ma’lumot uchun, «Manchester Yunayted» yozgi transfer oynasida «Brayton»dan yarimhimoyachi Karlos Balebani 65+5 million funt evaziga o‘z safiga qo‘shib oldi. Shundan so‘ng klub chap qanot himoyasini kuchaytirishga e’tibor qaratmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» Balde uchun asosiy nomzod sifatida «Nyukasl» himoyachisi Lyuis Hollni ham ko‘rib chiqqan. Biroq «qarg‘alar» futbolchini sotishga hozircha tayyor emas.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar