Bugun
17
O'zbek

«Ayntraxt» Rierani isteʼfoga chiqardi

Futbol
17 may, 17:25
Frankfurt klubi Bundesligada mavsumni 8-o‘rinda yakunladi.
«Ayntraxt» Rierani isteʼfoga chiqardi
Фото: Getty Images

«Ayntraxt» klubi bosh murabbiy Albert Riera bilan shartnoma tomonlar oʻzaro kelishuviga koʻra bekor qilinganini eʼlon qildi.

Ispaniyalik mutaxassis bilan birga uning yordamchilari — Pablo Remon Arteta va Lorenso Dolchetti ham jamoani tark etmoqda.

Maʼlumot uchun, Riera yanvar oyida «Ayntraxt»ni boshqarishni oʻz zimmasiga olgan edi. Uning qoʻl ostida jamoa 4 ta gʻalaba, 5 durang va 5 ta magʻlubiyatni qabul qilib oldi. «Ayntraxt» Bundesligada mavsumni 8-o‘rinda yakunladi.

«Klub va men hamkorlikni toʻxtatish boʻyicha birgalikda qaror qabul qildik. Bosh murabbiy sifatida sport natijalari uchun masʼuliyatni oʻz zimamga olaman. Bu davr mobaynida mening yagona vazifam jamoa oʻyinini yaxshilash va muvaffaqiyatga erishish edi.

Oʻzimni klub va futbolchilarni himoya qilishga burchli deb bildim va bunday vaziyatda yana shunday yoʻl tutgan boʻlardim. Jamoaning maydondagi natijaga maksimal darajada eʼtibor qaratishi muhim edi. Shaxsiy manfaatlar men uchun hech qachon ustuvor bo‘lmagan. Mening maqsadim doimo bir xil — futbolchilarni rivojlantirish va muvaffaqiyatga erishish. «Ayntraxt» tarixining bir qismi boʻlish imkoniyati uchun taqdirdan minnatdorman», — dedi Riera.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ayntraxt Ayntraxt
Bugungi yangiliklar