Live
3
O'zbek

«Aston Villa» Karrager ustidan sudga murojaat qilmoqchi

Futbol
31 oktabr, 04:00
Birminghem klubi futbol eksperti jamoa va uning muxlislarini haqorat qilganini bildirdi.
«Aston Villa» Karrager ustidan sudga murojaat qilmoqchi
Foto: Getty Images

«Aston Villa» X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali futbol eksperti Jeymi Karrager ustidan sudga murojaat qilish niyatida ekanini ma’lum qildi. Klub bunga mutaxassisning jamoa va uning muxlislari sha’niga aytgan haqoratli so‘zlarini sabab qilib ko‘rsatmoqda.

«Aston Villa» ingliz va Yevropa futbolidagi yuksalishimizga hech kim xalaqit berishiga yo‘l qo‘ymaydi», — deyiladi klub bayonotida.

Avvalroq Karrager «Aston Villa» hech qachon «Manchester Yunayted» darajasiga chiqa olmasligini aytgandi. Shuningdek, jonli efir vaqtida u birmingemlik klub muxlislariga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lib, ulardan jim turishni talab qilgan.

Ma’lumot uchun, Unai Emeri boshqaruvidagi «Aston Villa» Angliya chempionatining sakkiz turidan so‘ng 11 ochko jamg‘argan va turnir jadvalida to‘qqizinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa peshqadam «Manchester Siti»dan 10 ochko ortda qolgan.

Eslatib o‘tamiz, Karrager faoliyatini yakunlaganidan so‘ng futbol eksperti sifatida ishlamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Aston Villa Aston Villa
Bugungi yangiliklar