O‘zbekiston futzal milliy jamoasining sobiq sardori Artur Yunusov 2026 yilgi Oliy ligada bosh murabbiy sifatida ish boshladi.
U Oliy liga debutanti Sirdaryoning «Sayhun» jamoasi bosh murabbiyiga aylandi. Tomonlar mavsum yakuniga qadar shartnoma imzoladi.
Yunusov o‘tgan mavsumda «SQB» jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishlagan edi. Endilikda sirdaryoliklar bilan yangi mavsumni boshlaydi.
Ma'lumot uchun, «Sayhun» klubi o‘tgan mavsumda Birinchi ligada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi.