«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta Chempionlar ligasi yarimfinalining javob oʻyinida «Atletiko»ga qarshi bahsdan so’ng o’z fikrlarini bildirdi.
«Barchadan faxrlanaman va xursandman. Biz buni uzoq kutdik, o‘z muxlislarimiz ko‘z o‘ngida bunga erishganimizdan juda xursandman. Bugun muxlislar biz bilan faxrlanishadi.
«Atletiko» – juda jangovar jamoa, u ko‘plab shunday o‘yinlarni o‘tkazgan va tajribaga ega. Gol tufayli biz yaxshi holatga tushib oldik, ammo shundan so‘ng ustunlikni saqlab qolish va sabr qilish kerak.
Simeone bilan yaxshi tanishmiz. Muvaffaqiyatga shunchalik yaqin kelganingda-yu, lekin uni sendan tortib olishsa, har qanday odamga og‘ir botadi. Unga hamdardman, chunki bu qanday ekanligini bilaman. Bir yil oldin men ham uning o‘rnida bo‘lganman», – deya Artetaning so‘zlarini keltiradi Marca.