«Arsenal» va «Barselona» klublarining sobiq hujumchisi Teri Anri 2026 yildagi Jahon chempionati favoritlarini aytdi.
«Amaldagi chempion — Argentinaga katta hurmat ko'rsatish lozim. Bu hali ham juda kuchli jamoa. Chunki ularning safida 10-raqam ostida Messi to'p tepmoqda. Keyingi o'rinda Fransiyani ko'rsatgan bo'lardim. Bizda ajoyib milliy jamoa shakllangan, oxirgi ikkita finalga qadar yetib bordik. Uchinchi o'ringa Ispaniyani qo'yaman. Meni bir narsa hayratda qoldiradi: tarkibda qanday futbolchilar bo'lishidan qat'i nazar, bu jamoa doimo bir xil — o'ziga xos jozibador uslubda o'ynaydi. Ulardan to'pni olib qo'yish juda qiyin», — deya Anrining so'zlaridan keltiradi Marca.
Eslatib o'tamiz, jahon chempionati 11 iyundan 19 iyuliga qadar uchta mamlakat — AQSh, Kanada va Meksika hududlarida bo'lib o'tadi.