Live
1
O'zbek

APLning ushbu mavsumdagi eng yaxshi transferlari – Goal

Futbol
21 may, 06:38
Rayan Sherkining «Manchester Siti»ga o‘tishi reytingda birinchi o‘rinni egalladi.
APLning ushbu mavsumdagi eng yaxshi transferlari – Goal
Foto: Getty Images

Goal nashri 2025/26-yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra Angliya Premyer Ligasidagi eng yaxshi transferlar reytingini tuzib chiqdi.

Unga ko‘ra, «Lion»dan «Manchester Siti»ga 30,5 million funt evaziga ko‘chib o‘tgan Rayan Sherkining transferi mavsumning eng yaxshi transferi deb topilgan.

Reytingning ilk beshligi quyidagicha ko‘rinish oldi:

1. Rayan Sherki — «Lion»dan «Manchester Siti»ga;

2. Granit Jaka — «Bayer»dan «Sanderlend»ga;

3. Senne Lammens — «Antverpen»dan «Manchester Yunayted»ga;

4. Dominik Kalvert-Lyuin — «Everton»dan «Lids»ga;

5. Joau Pedro — «Brayton»dan «Chelsi»ga.

Shuningdek, «Sporting»dan «Arsenal»ga o‘tgan Viktor Gokeresh 13-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Martin Subimendi 14, Ugo Ekitike esa 15-pog‘onadan joy oldi.

Ma’lumot uchun, ushbu reyting Goal nashri tomonidan 2025/26-yilgi mavsum yakunlari asosida tuzilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Lids Lids
  • Sanderlend Sanderlend
  • Chelsi Chelsi
  • Ko'proq ko'rsatish
Bugungi yangiliklar