APD 2-tur doirasida “Liverpul” safarda “Nyukasl” mehmoni bo‘ldi.
Bellashuv 3:2 hisobida amaldagi chempionlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Dastlab mehmonlar Gravenberx va Ekitikening gollari evaziga hisobda oldinga chiqib oldi.
Biroq ikkinchi bo‘limda maydon egalari Gimarees hamda Osulaning gollaridan so‘ng muvozanatni tikladi. Shunga qaramay, 90+10-daqiqada 16 yoshli Ngumoxa “qizillar”ning g‘alaba goliga mualliflik qildi. Qayd etish lozim, bu Rioning APLdagi debyut goli edi.
APL. 2-tur
Nyukasl — Liverpul 2:3
“Sent Jeyms Park”, Nyukasl-a-Pon-Tayn.
Gollar: Gimarees 57, Osula 88 — Gravenberx 35, Ekitike 46, Ngumoxa 90+10.
Nyukasl: Poup — Trippier, Sher, Bern, Livramento — Bruno, Tonali, Joellinton — Elanga, Gordon, Barnes.
Liverpul: Alisson — Soboslai, Konate, van Deyk, Kerkez — Jons, Gravenberx — Salo‘h, Virts, Gakpo — Ekitike.
Ushbu uchrashuvdagi barcha gollar va xavfli vaziyatlarni tomosha qiling: