Angliya Premer-ligasi 36-turida "Manchester City" o‘z maydonida "Brentford"ni qabul qildi. Bellashuv 3:0 hisobida "shaharliklar"ning g‘alabasi bilan yakuniga yetdi.
Dastlab Doku hisobni ochdi. 75-daqiqada Erling Holand mavsumdagi 26-golini urishga muvaffaq bo‘ldi. 90+2-daqiqada Marmush yakuniy nuqtani qo‘ydi.
Bu bellashuvda Abduqodir Husanov jarohat tufayli qaydnomadan ham o‘rin olmadi.
Shu tariqa, Gvardiola jamoasi ochkolari sonini 74 taga yetkazib, 2-o‘rinda bormoqda. "Brentford" 51 ochko bilan 8-pog‘onada joylashgan.
APL. 36-tur
Manchester City – Brentford 3:0
Gollar: Doku 60, Holand 75, Marmush 90+2
Manchester City – Donnarumma, Nunes, Gehi, Ake, Reinders (Foden, 60), Semenyo, O’Riley, Silva, Cherki (Marmush, 60), Doku, Holand.
Brentford – Kelleher, Hiske (Yanelt, 62), Collins, Ayer, Kayode, Jensen, Yarmolyuk (Henderson, 79), Damsgard (Dango, 68), Luis-Potter, Tiago, Shade.