Frank Zambo-Angissa yoz boshida klubni tark etishni rejalashtirgan bo‘lsa-da, endi «Napoli»da qolishga tayyor. Tomonlar shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni yakunlash arafasida. Yangi kelishuv 2030 yilgacha mo‘ljallanishi kutilmoqda.
Angissaning amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi. «Napoli» futbolchini keyingi yozda tekinga qo‘yib yuborishni istamagani sababli yangi bitim ustida faol ishlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, mavsum boshida Angissaning kelajagi borasida turli mish-mishlar tarqalgandi. Biroq futbolchi va klub o‘rtasidagi muzokaralar ijobiy yakunlanishga yaqinlashdi.
Ma’lumot uchun, Frank Zambo-Angissa 2021 yildan buyon «Napoli» safida to‘p tepmoqda.