Bugun
184
O'zbek

Andrey Pyatnitskiy — "Azur" bosh murabbiyi

Futbol
16 mart, 09:23
Samarqand viloyati klubi yangi mavsumni Birinchi ligada o'tkazadi.
Andrey Pyatnitskiy — "Azur" bosh murabbiyi
Фото: Динамо ПФК

Samarqandning yangi xususiy klubi "Azur" 2026 yilgi mavsumdan boshlab Birinchi liga bahslarida ishtirok etadigan bo'ldi.

Klub rahbariyati qaroriga ko'ra, o'zbek futboli afsonalaridan biri Andrey Pyatnitskiy "Azur" jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. O'tgan yillar davomida "Dinamo" murabbiylar shtabi va o'rinbosarlar jamoasini boshqargan Pyatnitskiy 2025 yil yakunida klub bilan xayrlashgandi. "Azur" klubi Andrey Vladimirovich bilan kelishuvga erishilganini ma'lum qildi va endi tajribali mutaxassis Samarqand klubini boshqaradi.

Ma'lumot uchun, "Azur" klubi Samarqandda futbol maktabiga ega bo'lib, xususiy tadbirkorlar tomonidan moliyalashtiriladi.

Eslatib o'tamiz, Pyatnitskiy 90-yillarda "Paxtakor"dagi faoliyati bilan tanilib, so'ng Rossiyaning "Spartak" klubi safida muvaffaqiyatli faoliyat olib borgan edi. U 1994 yilgi Jahon chempionatida Rossiya milliy jamoasi safida to'p surib, Braziliyaga qarshi o'yinda maydonga tushgan edi.

Bugungi yangiliklar