Live
2
O'zbek

«Al Hilol» «Arsenal» sobiq himoyachisini o'z safiga qo'shib oldi

Futbol
12 yanvar, 07:45
32 yoshli Mari mavsumning ikkinchi qismini Saudiyada o'tkazadi.
«Al Hilol» «Arsenal» sobiq himoyachisini o'z safiga qo'shib oldi
Foto: Al Hilal

«Al Hilol» «Fiorentina» himoyachisi Pablo Mari transferini e'lon qildi

Transfermarkt'ga ko'ra, Saudiya klubi ispaniyalik futbolchi bilan 2026 yil 30 iyungacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi. Shuningdek, kelishuvda uni yana bir yilga uzaytirish borasida band bor.

Mari faoliyati davomida «Monsa», «Udineze» va «Arsenal» klublarida ham harakat qilgan. Himoyachi bu mavsumda Florensiya jamoasi safida A Seriyada 11 ta bahsda maydonga tushgandi.

Ma'lumot uchun, Simone Inzaghi boshqaruvidagi «Al Hilol» Saudiya Proligasida 13 ta turda 35 ochko to'plab, etakchilik qilmoqda. Avvalroq Riyod jamoasining xususiy klubga aylanishga yaqinligi xabar berilgandi.

Bugungi yangiliklar