Bugun
10
O'zbek

Zverev tennisda ishlagan mukofot pullari boʻyicha 4-oʻringa koʻtarildi

Tennis
14 sentabr, 03:53
Germaniyalik sportchi US Openʻdagi gʻalaba orqali rekord darajadagi mablagʻga ega boʻldi.
Zverev tennisda ishlagan mukofot pullari boʻyicha 4-oʻringa koʻtarildi
Foto: Getty Images

Aleksandr Zverev US Open-2026 turnirida gʻolib boʻldi. U gʻalaba uchun rekord darajadagi 5,5 million dollar, mavsum davomida esa 14,5 million dollar ishlab oldi.

Endi 29 yoshli nemis tennischisining faoliyati davomidagi umumiy mukofot puli 74 million dollardan oshdi. U Yannik Sinnerni (69,5 million dollar) ortda qoldirib, sovrin puli boʻyicha tennis tarixida 4-oʻringa koʻtarildi. Undan koʻproq mablagʻni faqat “katta uchlik” (Federer, Nadal, Jokovich) ishlab topgan.

Finalchi Ben Shelton 2,8 million dollar mukofot puliga ega boʻladi. Shu tariqa, uning faoliyati davomidagi umumiy sovrin pullari 17,86 million dollarga, ushbu mavsumdagi daromadi esa 6,37 million dollarga yetdi.

Bugungi yangiliklar