Live
2
O'zbek

Yevrokuboklarning barchasida ispan murabbiylari g‘olib bo‘lishi mumkin

Futbol
22 may, 13:22
Unai Emeri Yevropa Ligasida «Aston Villa» bilan ham zafar quchishni uddaladi.
Yevrokuboklarning barchasida ispan murabbiylari g‘olib bo‘lishi mumkin
Foto: Gettyimages

Ingliz klubi finalda Germaniyaning «Frayburg» jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi (3:0).

Natijada, 3 ta yevrokubokdan 2 tasida ispaniyalik murabbiylar g‘olib bo‘lishi aniq bo‘lib ulgurdi. Sababi UYEFA Chempionlar Ligasi finali Luisa Enrike boshchiligidagi «PSJ» Mikel Arteta boshqarayotgan «Arsenal» bilan kuch sinashadi. Bu ikki murabbiy ispaniyalik ekanligini yevrofutbol muxlislari yaxshi bilishadi.

O‘z navbatida, ispaniyalik mutaxassislar uchinchi yevrokubokni ham o‘zlariniki qilishlari mumkin. La Liga vakili bo‘lgan «Rayo Valekano»ni Inigo Peres boshqarmoqda va jamoa Konferensiyalar Ligasi finalida APLning «Kristal Pelas» klubiga qarshi maydonga tushadi. Ma’lumot uchun, inglizlarni hozirda avstriyalik Oliver Glasner boshqarmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Rayo Vallecano Rayo Vallecano
Bugungi yangiliklar