Live
2
O'zbek

EChL. "PSJ" "Barsa" bilan o'yinda 90-daqiqada kambek qildi, "Arsenal"da g'alaba, "Man Siti" ochko yo'qotdi (videosharhlar)

Futbol
1 oktabr, 17:21
Uchrashuvlardagi gol va xavfli vaziyatlarni tomosha qiling.
ФОТО: Насрулло Каримов
Nasrullo Karimov Editor
EChL. "PSJ" "Barsa" bilan o'yinda 90-daqiqada kambek qildi, "Arsenal"da g'alaba, "Man Siti" ochko yo'qotdi (videosharhlar)
FOTO: Getty Images

UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 2-turidan o'rin olgan bir qator uchrashuvlar bo'lib o'tdi.

Dastlab "Barselona" o'z maydonida "PSJ"ni qabul qilib, 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Goallarga kataloniyaliklar safidan Ferran, parijliklar safidan esa Mayulu va Tanish mualliflik qildi.

EChL. 2-tur
"Barselona" — "PSJ" 1:2
Gollar: Ferran (19) — Mayulu (38), Ramush (90).

Barselona — Shesni, Kubarsi, Garsiya (Kristensen, 86), Martin (Balde, 72), Kunde, Pedri (Bernal, 79), de Yong, Olmo (Kasado, 72), Reshford (Levandovski, 72), Yamal, Torres.

PSJ — Shevalie, Zabarniy, Pacho, Nunu Mendesh, Hakimi, Vitinya, Zair-Emeri, Ruiz (Ramush, 72), Barkolya (Li Kan In, 80), Mbaye (Ernandez, 65), Mayulu (Ndyntu, 80).

Ogohlantirishlar: de Yong (32), Olmo (57), Kasado (78) Yamal (90) — Nunu Mendesh, (44), Hakimi (87).

Shuningdek, "Borussiya Dortmund" o'z maydonida "Atletik Bilbao"ni qabul qilib, yirik 4:1 hisobida g'alaba qozondi.

Nemis klubi safida Daniel Svensson, Karni Chukvuemeka, Serxu Girassi va Yulian Brandt gol urdi. Ispanlarning yagona javob to'pi esa Gorka Guruseta hisobiga yozildi.

"Borussiya D" — "Atletik" 4:1
Gollar: Svensson (28), Chukvuemeka (50), Girassi (82), Brandt (90+1) — Guruseta (61).

Borussiya D — Kobel, Svensson, Anton, Bensebaini, Zyule (Shlotterbek, 70), Rierson, Zabitser, Bellingem (Nmecha, 69), Adeymi (Baer, 63), Girassi (Silva, 87), Chukvuemeka (Brandt, 63).

Atletik — Simon, Lekue, Vivian (Laport, 46), Paredes, Gorosabel, Rego, Xauregisar (de Gallareta, 46), Navarro, I. Uilyams (Guruseta, 46), Sannadi (Sanches, 80), Gomes (Serrano, 63).

Ogohlantirishlar: Baer, (89) - Paredes, (44), Gorosabel, (59).

"Monako" bilan bahs olib borgan "Manchester Siti" esa so'nggi daqiqalarda gol o'tkazib yuborib, g'alabani ushlab qola olmadi.

Bellashuvda Erling Holand 15 va 44-daqiqalarda gol urib, dubl qayd etgan bo'lsa, mezbonlarning gollariga 18-daqiqada Teze va 90-daqiqada Daer mualliflik qildi.

"Monako" — "Man Siti" 2:2
Gollar: Teze (18), Dayer (90) — Holand (15, 44).

Monako — Ken, Kerer, Dayer, Salisu (Ilenikena, 82), Vanderson (Uattara, 22), Teze (Kabrial, 82), Kulibali, Diatta, Aklyush, Fati (Idumbo, 64), Balogun (Biret, 82).

Manchester Siti — Donnarumma, Stounz (Nunyyes, 72), Diash, Gvardiol, O'Raylli, Rodri (Gonsales, 61), Silva, Foden, Reynders, Doku (Savino, 61), Holand.

Ogohlantirishlar: Diatta (63) — Donnarumma (39), Rodri (57), Silva (88), Savino (90+4).

Bundan tashqari, o'z maydonida "Olimpiakos"ni qabul qilgan "Arsenal" yakunda qiyinchiliksiz g'alaba qozondi.

Dastlab 12-daqiqada Martinelli hisobni ochgan bo'lsa, 90+2-daqiqada Saka jamoasining ustunligini mustahkamladi.

"Arsenal" — "Olimpiakos" 2:0
Gollar: Martinelli (12), Saka (90+2).

Arsenal — Rayya, Uayt (Timber 58), Saliba, Gabriel (Moskera 75), Lyuis-Skelli, Edegor, Subimendi, Merino (Rays 58), Trossard (Saka 73), Martinelli (Eze 73), Gokeresh.

Olimpiakos — Solikas, Koshtinya, Resos (Byankon 86), Pirola, Ortega, Garsiya (Ssipioni 75), Esse (Muzakitis 86), Martinsh (Taremi 62), Shikinyo (Strefessa 85), Podense, El-Kaabi.

Ogohlantirishlar: Gabriel (58), Subimendi (61), Rays (78) — Podense (90).

"Napoli" esa o'z maydonida "Sporting"ni qabul qilib, 2:1 hisobida zafar quchdi.

Uchrashuvdagi Rasmus Hoylund dubl qayd etdi. Har ikki golga ham Kevin De Bryuyne assistentlik qildi.

"Napoli" — "Sporting" 2:1
Gollar: Hoylund (36, 79) — Suares (62, pen).

Igor Tudor boshqaruvidagi "Yuventus" klubi ham safarda "Vilyarreal" bilan to'qnash kelib, 2:2 hisobida durang o'ynadi.

"Vilyarreal" — "Yuventus" 2:2
Gollar: Mikautagze (18), Veyga (90) — Gatti (49), Konseysau (56).

Vilyarreal — Tenas, Mourinio, Marin, R. Veyga, Pedraza (Kardona 76), Pepe, Komesanya, Geye, Parexo (Olavaseyi 64), Byukenen (Molero 64), Mikautadze (Axomax 76).

Yuventus — Perin, Kalulu, Gatti, Kelli, Kabal (Jouau Mariu 16), Lokatelli, Makkkenni, Kambyazo (Rugani 80), Koopmeiners (Konseysau 46), Devid (Vlahovich 86), Yildiz (Ajich 80).

Ogohlantirishlar: Axomax (85) — Kabal (6), Kambyazo (77), Konseysau (90+6).

Bugungi yangiliklar