Bugun
17
O'zbek

YeCHL. "Atletiko" "Galatasaroy" bilan durang oʻynadi, "Qorabogʻ" "Ayntraxt"ga qarshi bahsda superkambeq amalga oshirdi

Futbol
21 yanvar, 14:50
Uchrashuvlardagi gol va xavfli vaziyatlarni tomosha qiling.
YeCHL. "Atletiko" "Galatasaroy" bilan durang oʻynadi, "Qorabogʻ" "Ayntraxt"ga qarshi bahsda superkambeq amalga oshirdi
Foto: Eintracht Frankfurt
21.01.2026 FT Chempionlar ligasi Qorabog' FK Qorabog' FK 3 : 2 Ayntraxt Ayntraxt

Yevropa Chempionlar Ligasi umumiy bosqichida 7-turning yana ikki oʻyini yakunlandi.

"Atletiko" (13, 9-oʻrin) Istanbulda "Galatasaroy" (10, 18-oʻrin) bilan toʻqnash kelib, durang qayd etdi.

"Qorabogʻ" (10, 19-oʻrin) esa "Ayntraxt" (4, 33-oʻrin) ustidan irodali gʻalabaga erishib, pley-off sari katta qadam tashladi. Ozarboyjon klubi hal qiluvchi golni 90+4-daqiqada urdi.

YECHL. 7-tur. 21 yanvar
Galatasaroy — Atletiko 1:1
Gollar: Lorente (20, avtogol) — Simeone (4).
Galatasaroy — Chaqir, Shallai, Sanches, Bardakchi, Elmali, Torreyra (Gundogʻan, 88), Lemina, Sane, Akgun (Sara, 65), Yilmaz (Yakobs, 80), Osimhen.
Atletiko — Oblak, Lorente, Pubill, Hantzko, Rujeri, Simeone, Koke (Kardoso, 56), Barrios (Le Norman, 56), Almada (Baena, 46), Alvares (Gonsales, 73), Sorloth (Grizmann, 61).
Ogohlantirishlar: Pubill (29), Osimhen (29), Almada (41), Barrios (49), Shallai (61), Simeone (67), Lemina (83).

Qorabogʻ — Ayntraxt 3:2
Gollar: Duran (4, 80), Mustafozoda (90+4) — Uzun (10), Fares (78, penalti).
Qorabogʻ — Kohalski, Silva, Mustafozoda, Medina, Jafarguliyev, Bikalio, Yankovich, Andrade (Kashuk, 84), Kabayero (Addai, 84), Zubir, Duran (Gurbanli, 90+4).
Ayntraxt — Santos, Teate, Koh, Kollinz (Shtaff, 85), Braun, Larsson (Hoylund, 85), Shkiri, Kristensen, Knauff (Bahoya, 79), Doan (Fares, 71), Uzun (Götze, 71).
Ogohlantirishlar: Kristensen (61), Duran (83), Shtaff (89).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Qorabog' FK Qorabog' FK
  • Ayntraxt Ayntraxt
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar