Live
1
O'zbek

Xorxe Masvidal UFC’ga qaytish bo‘yicha muzokara olib bormoqda

MMA
13 oktabr, 03:15
Amerikalik jangchi tashkilot rahbariyati bilan muzokara olib borayotganini ma’lum qildi.
Xorxe Masvidal UFC’ga qaytish bo‘yicha muzokara olib bormoqda
Foto: Getty Images

UFC chempionlik kamari uchun ikki marta da’vogar bo‘lgan amerikalik Xorxe Masvidal tashkilot rahbariyati bilan qaytish masalasida muzokara olib borayotganini ma’lum qildi.

«UFC bilan gaplashdim, hammasi yaxshi. Shuning uchun yangiliklarni kuzatib boring. Kutganingizdan ham ertaroq biror xabar eshitishingiz mumkin», — deya Masvidalning so‘zlarini keltiradi Home of Fight nashri.

Jangchi hozir ham mashg‘ulotlarni davom ettirayotganini va raqiblar bilan bellasha olishiga ishonishini ta’kidladi.

«Mashq qilyapman va hali ham bu yigitlar bilan raqobatlasha olishimni his qilyapman. 50 yoshimda “Qanday natijalarga erishishim mumkin edi?” deb o‘ylashni istamayman. Chunki hozir o‘zimni yaxshi his qilyapman», — dedi u.

Ma’lumot o‘rnida, Masvidal ayni vaqtda 41 yoshda. U UFC’da 2013–2023-yillarda ishtirok etgan. Amerikalik jangchi tashkilotda jami 12 ta g‘alaba qozonib, 10 marta mag‘lubiyatga uchragan.

Avvalroq Jon Jons faoliyatini qayta tiklash ehtimolini istisno etmagani ma’lum qilingandi.

Bugungi yangiliklar