Bugun
10
O'zbek

«Xorazm» Sergey Tokovni bosh murabbiy sifatida ro'yxatdan o'tkazdi

Futbol
24 yanvar, 02:00
Mutaxassis bilan mavsum yakunigacha mo'ljallangan shartnoma imzolangan.
«Xorazm» Sergey Tokovni bosh murabbiy sifatida ro'yxatdan o'tkazdi
Foto: PFC Surxon

«Xorazm» Sergey Tokovni bosh murabbiy sifatida ro'yxatdan o'tkazdi. Bu haqda O'zPFL matbuot xizmati xabar berdi.

Mutaxassis bilan mavsum yakunigacha mo'ljallangan shartnoma imzolangan. Bungacha jamoani Hakim Fuzaylov boshqarib kelayotgan edi. U 2024 yil 17 may kuni xorazmliklar bosh murabbiyi sifatida tayinlangan.

Avvalroq «Xorazm» braziliyalik yarimhimoyachi Elzio Lohan bilan shartnoma imzolagani ma'lum qilingan edi. Futbolchi faoliyati davomida Braziliya, Xorvatiya, Bosniya va Gersegovina klublari safida to'p tepgan.

«Xorazm» Sergey Tokovni bosh murabbiy sifatida ro'yxatdan o'tkazdi
Foto: O'zPFL
Bugungi yangiliklar