"Xetafe" o‘z tarixida ilk bor darvoza tomon aniq zarba bermasdan g‘alaba qozondi.
Madrid klubi La Liga 33-tur doirasida "Real Sosyedad"ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi va bu o‘yinda birorta ham aniq zarba yo‘llay olmadi.
Mehmonlar 29-daqiqada Jon Gorrochategining avtogoli evaziga 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Umuman olganda, "Xetafe" bellashuvda 5 ta zarba berdi, ammo ulardan birortasi darvoza tomon to‘g‘ri bormadi. Maydon egalari esa 13 zarbasidan to‘rttasi raqib darvozasiga aniq borgan.
Shu tariqa, "Xetafe" o‘z tarixida ilk bor La Liga o‘yinini birorta aniq zarbasiz zafar quchdi. Jamoa hisobida jami 792 ta o‘yinda 252 ta g‘alaba mavjud.
Avvalroq jamoa "Real"ga gol urg‘an Satrianoni to‘liq sotib olgani ma'lum qilingandi.