Martin Satriano “Xetafe”da qoladigan bo‘ldi.
Ispaniya klubi 25 yoshli hujumchini “Lion”dan to‘liq sotib olganini e’lon qildi. Tomonlar 2030 yil yozigacha shartnoma imzolashdi.
Urugvaylik futbolchi shu yil yanvaridan beri madridliklar safida ijarada o‘ynab kelayotgan edi.
Fransiya klubi ma’lum qilishicha, transfer qiymati 6 million yevroni tashkil etgan va bonuslar hisobiga yana 200 ming yevroga oshishi mumkin.
Satriano bu mavsumda La Ligada 10 ta o‘yinda 3 ta gol urdi. Xususan, hujumchi “Real”ga (1:0) qarshi bahsda jamoasiga g‘alaba keltirdi.