Bugun
24
O'zbek

Xavi: "Keyingi faoliyatimni milliy jamoada davom ettirmoqchiman"

Futbol
18 iyul, 11:17
Xavi 2024 yilda ikki yarim yillik faoliyatidan so'ng "Barselona" bosh murabbiyligidan ozod etilgan edi.
Xavi: "Keyingi faoliyatimni milliy jamoada davom ettirmoqchiman"
Фото: Getty Images

"Barselona"ning sobiq bosh murabbiyi Xavi kelajakdagi rejalari haqida gapirdi.

"Mening keyingi qadamim milliy jamoa bo'lishi mumkin. Bu menga mos keladi. Aynan shuni istayapman. Mening oilam va kichik farzandlarim bor. Klubda ishlash esa ular bilan yetarlicha vaqt o'tkazish imkonini bermaydi. Bu haqda ochiq gapira olaman.

Murabbiy sifatida jahon chempionati, Yevropa chempionati, Afrika millatlar kubogi yoki Osiyo kubogida ishtirok etishni istayman", — dedi Xavi RNE Audio'ga bergan intervyusida.

Xavi 2024 yilda ikki yarim yillik faoliyatidan so'ng "Barselona" bosh murabbiyligidan ozod etilgan edi. Uning qo'l ostida kataloniyaliklar Ispaniya chempionligi va Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritishgan.

Bugungi yangiliklar