Bugun
45
O'zbek

Volkanovski: «Yevloyev meni 25 daqiqa davomida mag‘lub eta olmaydi»

MMA
29 sentabr, 01:55
UFC yarim yengil vazn toifasi chempioni Movsarga qarshi bo‘lajak jangi haqida fikr bildirdi.
Volkanovski: «Yevloyev meni 25 daqiqa davomida mag‘lub eta olmaydi»
Foto: Getty Images

UFC yarim yengil vazn toifasidagi chempioni Aleksandr Volkanovski Movsar Yevloyevga qarshi bo‘lajak jang haqida fikr bildirib, raqibini muddatidan avval mag‘lub etishiga ishonch bildirdi.

«Movsar o‘ziga ishonadi, ammo men bu ishonchni juda tez yo‘qqa chiqaraman va uni muddatidan avval mag‘lub etaman. Menimcha, u diviziondagi barcha jangchilardan ustun, ammo men unga juda noqulay raqibman.

Uning boshqalarga qarshi ish beradigan uslubi menga qarshi foyda bermaydi. Shuning uchun uning eng yaxshi imkoniyati jangni muddatidan avval yakunlash bo‘ladi. Chunki u meni 25 daqiqa davomida mag‘lub eta olmaydi», — dedi Volkanovski.

Ma’lumot uchun, Aleksandr Volkanovski va Movsar Yevloyev o‘rtasidagi jang 24-oktabr kuni Abu-Dabida o‘tkaziladigan UFC 333 turniri doirasida bo‘lib o‘tadi.

Yevloyev ushbu bahsda UFC chempionlik kamari uchun kurash olib boradi. Volkanovski esa o‘z kamarini himoya qilish va diviziondagi yetakchilik mavqeini saqlab qolish uchun oktagonga ko‘tariladi.

Bugungi yangiliklar